“Xoffenxaym” 29 yoshli murabbiy bilan YCHLga yo'llanma oldi

Aslanov Jasurbek
1 may 2017, 01:33
Germaniya chempionatining navbatdagi turida “Ayntraxt” (1:0) jamoasini mag'lubiyatga uchratgan “Xoffenxaym” chempionat tugashiga uch tur qolganida beshinchi pog'onada borayotgan “Gerta”dan 12 ochko o'zib ketdi.

Shu tariqa 29 yoshli murabbiy Yulian Nagelsman boshqarayotgan jamoa o'z tarixida ilk bor Yevropa Chempionlar ligasi yo'llanmasiga ega chiqdi.

Ayni paytda “Xoffenxaym” Bundesliga turnir jadvalida YCHLga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma beruvchi uchinchi pog'onada bormoqda. Ular to'rtinchi pog'onada borayotgan Dortmundning “Borussiya”sidan bir ochko ko'p jamg'arishgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru