"Xoffenxaym" futbolchisi Firmino "Borussiya"ga qarshi maydonga tushmaydi

Narzulla Saydullayev
11 sen 2013, 23:36
"Xoffenxaym" yarim himoyachisi Roberto Firmino jarohat oldi va bundesliganing navbatdagi turidan o'rin olgan Menxengladbaxning "Borussiya" klubiga qarshi maydonga tusha olmaydi.
Bu haqda bundesliga matbuot xizmati xabar berdi. Firmino chap oyog'idan jarohat olgani aytilmoqda. 

Klub rasmiy "tvitteri"da yakshanba kuni futbolchi mashg'ulotlarda ishtirok etmayotgani haqida xabar chiqdi. O'tgan turda "Xoffenxaym" "Shtutgart"ga 2:6 hisobida yutqazib qo'ygandi. Ushbu mavsumda Firmino uchta gol urd iva uchta golli pas oshirdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com