

"Azarga e'tibor kerak? Men uning onasi emasman. Futbolchilar o'ziga kerakli bo'lgan munosabatni olishyapti. Kimgadir yordam berish kerak, boshqasi esa o'ziga kelib olishi lozim. Biz Azar o'ziga kelib olishi uchun vaqt beramiz. Turli xil o'ylar bilan band bo'lmaganda va mashg'ulotlardan rohat olishni boshlasangiz uzingizga kelasiz. U sovrinlar yutgan, ammo joriy mavsumda "jismoniy holat" bilan muammoga duch keldi. Bu borada biz unga yordam berishimiz zarur. U o'z muammolaridan qutilib, formasini yaxshilab olishi lozim" - deydi Xiddink.



