"Xetafe" prezidenti: "Messi ketsa, barchamiz zarar ko'ramiz"

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2021, 00:00
"Xetafe" klubi prezidenti Anxel Torres Lionel Messini La Ligadan ketishi haqida gapirdi.

"Men bu mavzuni Laporta va Tebas bilan ham muhokama qildim. La Liga Messini ketishiga yo'l qo'ymasligi lozim. Bu hammamiz zarar ko'radigan xato bo'ladi.

Dunyoning eng zo'r o'yinchisi Ispaniyada faoliyatini tugatishi lozim. Albatta, moliyaviy nazorat qoidasi ishlashi lozim. Lekin, La Liga biroz engillik berishi ham kerak. 

Ishonamanki, La Liga bu haqida o'ylamoqda. Agar Messi ketsa, barchamiz zarar ko'ramiz", -dedi Anxel Torres.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca