"Xetafe" murabbiyi Grinvudning transferi haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
4 sen 2023, 18:50
"Xetafe" bosh murabbiyi Xose Bordalas vinger Meyson Grinvudning transferi haqida gapirdi.

"Tabiiyki, biz faqatgina futbol tomonlama muhokama qilishimiz mumkin. Boshqa masalalarni esa tegishli organlar va insonlar hal qilishgan. U yuqori darajadagi futbolchi, "Xetafe"ga katta umidlar bilan olib kelindi. Uning yuqori darajaga qaytishi uchun yordam berishga tayyormiz", - dedi mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, angliyalik futbolchi Ispaniya klubiga ijaraga o'tdi. U 2022 yilning fevralidan buyon mashg'ulotlar va o'yinlarda ishtirok qilmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports