

31 yoshli futbolchi madridliklar safida ketma-ket ikkita o'yinda gol urishga erishdi. U o'tgan turda Eybar bilan o'yinda (3:1) ham to'p kiritgandi.
Ispaniyalik futbolchi 2013 yildan buyon ilk bor ketma-ket ikki uchrashuvda to'p kiritdi. O'shanda u Chelsi safida Shalke (3:0) va Manchester Siti (2:1) bilan o'yinlarda gol urgandi.



