Xenrik Larsson: "Seltik" "Barsa"ga o'xshaydi"

Tolibjon Qosimov
30 sen 2013
"Seltik" va "Barselona"ning sobiq hujumchi Xenrik Larsson Chempionlar ligasi 2-turidan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
Larsson 1997-2004 yillarda Shotlandiya klubida o'ynadi, Kataloniya klubida 2004-2006 yillarda faoliyat olib borgan.

- Men to'p tepgan "Barselona" juda kuchli edi, - deydi Larsson Goal.com nashriga. - Yana bir necha yil o'ynashim mumkin edi. Ammo o'g'lim 10 yoshga to'lgandi va Shvetsiyaga qaytishga qaror qildik. "Barselona"da o'tkazgan vaqtlarim bebaho edi.

"Seltik" ham "Barsa" kabi "klubdan ko'ra ko'prog'i" deyish mumkin. Bu klubdan ham faqat g'alabalarni kutishadi. "Barselona" kuchliroq, ammo "Seltik" hech qachon taslim bo'lmaydigan klub.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru