Xenrik Larsson "Barselona"da Kumanning shtabiga kiradi

Alisher
19 avg 2020
Kuman "Barsa"da o'zining jamoasini tuzmoqda.

"Xelsinborg" sobiq bosh murabbiyi, "Barselona" sobiq forvardi Xenrik Larsson Ronald Kumanning Kataloniya klubida uning yordamchisi bo'lish borasida taklifini qabul qildi.

Shvetsiyalikning "Barselona"da forvardlar murabbiyi bo'lishi kutilmoqda.

Shuningdek "ko'k-anorranglilar"ning yangi murabbiylar shtabiga iyun oyida "Xoffenxaym"dan ketgan niderlandiyalik Alfred Sxroyder ham kiradi.


AlisherMuallif
Manba: AS