Xenderson: "Bu og'ir holat barchamizni birlashtirdi"

Mirjalol Normatov
16 fev 2021, 23:47
"Liverpul" yarim himoyachisi Jordan Xenderson jamoaning holati haqida gapirdi.

"Hozir unday emas, ammo bir kun kelib, shunday og'ir damlar ortda qoladi va bundan o'tib olganimizdan minnatdor bo'lamiz.

Bunday holatlar barchani birlashtiradi. Umid qilamanki, biz yana oldingi darajamizga qayta olamiz.

So'nggi paytlarda bizni g'alabalardan ayirayotgan xatolar barchada bo'lmoqda. Ulardan qutulish kerak", - dedi Xenderson.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal