Xavi: "Messi - "Barselona"da eng kichkinasi, ammo hamma narsada eng yaxshi"

Aslanov Jasurbek
11 iyun 2015, 12:43
"Barselona"ni tark etgan Xavi Ernandes Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

"U oramizdagi eng kichkinasi, ammo hamma narsada eng yaxshi, xatto ikkinchi qavatda ham. Messi aqlga sig'mas ishlarni bajaradi. Leo xatto himoyada ham eng yaxshi. Qanot himoyachilariga pressing uyushtirib, to'pni biznikilarga qaytarib beradi. U hamma narsada eng yaxshi.

Messi sening jamoangda o'ynayotganida, uni e'tibordan chetda qoldirmasliging zarur. Yana nima qo'shish kerak? Agar Messi oldinga qarab ochilayotganini ko'rsang, ammo to'p oshirish uchun yana bir variant bo'lsa, to'pni Leoga tashla. Hujum juda havfli ko'rinish olishi aniq.

Shaxsan men uni futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb bilaman. So'nggi 8-10 yil ichida u jahondagi eng kuchli o'yinchi ekanligini isbotladi. Unda yaxshi va yomon mavsumlar bo'ldi. U inson. U fenomen" - deydi Xavi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com