Xamren: "Ibragimovich Ronaldu bilan bir xil darajada"

Omonjon To`xtamirzayev
15 noya 2013
Shvetsiya terma jamoasi ustozi Erik Xamren jamoa hujumchisi Zlatan Ibragimovich portugaliyalik Krishtianu Ronaldudan aslo qolishmasligini ma'lum qildi.

"Ibragimovich hozir juda ko'p gol urmoqda, bu esa biz uchun juda yaxshi. Ronaldu ham so'nggi vaqtlarda ko'plab gollar urmoqda, shu bois Zlatan va Krishtianu bir xil darajada.

Faqat Ronaldu haqida o'ylash to'g'ri emas. Bizga qarshi Portugaliya o'ynaydi, birgina Ronaldu emas", - deydi Xamren.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru