Xamesning agenti 2 klub bilan muzokara olib bordi

Mirjalol Normatov
12 apr 2020, 11:29
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges klubdan ketishga yaqin turibdi.

"AS" xabariga ko'ra, kolumbiyalikning agenti "Manchester Yunayted" va "Yuventus" kabi klublar bilan muzokaralar olib borgan.  Qayd etilishicha, yozgi transferlar oynasi vaqtida futbolchining ketishi deyarli aniq bo'lgan.

Uning xizmatlariga "Napoli" va "Everton" kabi klublar ham qiziqish bildirmoqda. Ushbu mavsumda 28 yoshli Xames "Real" tarkibida 7 o'yinda 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS