Xames Rodriges: "Real"da baxtli edim"

Alisher
15 dek 2024, 17:31
Xames Rodriges "Real"da o'ynagan paytlarini esladi.

Futbolchining fikriga ko'ra, u uzoqroq muddat "Real"da qolishi kerak edi. Kolumbiyalik hozirda "Rayo Valekano"da o'ynamoqda.

"Real"da baxtli edim. 10dan 10 berishim mumkin. U yerda o'zimni uydagidek his qilgandim. Sovrinlar yutishning uddasidan chiqdim.

Ehtimol ko'proq muvaffaqiyatli erishishim mumkin edi. Ammo, u yerda qolmadim. Garchi "Real"da yana ikki-uch mavsum o'ynashni xohlagan bo'lsam ham", - dedi Xames.

"Real" kecha La Liga doirasida "Rayo Valekano" bilan durang o'ynadi. Bahs 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca