Xames Rodriges esingizdami? U "Beshiktosh"da o'ynashi mumkin

Sherzod Nurmatov
6 fev 2024, 22:53
"Beshiktosh" yarim himoyachi Xames Rodrigesning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Turkiya klubi futbolchining transferi bo'yicha "San-Paulu" bilan muzokaralarni boshladi.

Yarim himoyachining Braziliya jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Qayd etilishicha, "San-Paulu" futbolchini shartnoma oxirigacha o'zida saqlab qolmoqchi.

32 yoshli kolumbiyalik futbolchi 2023 yil Braziliya klubi safida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 9 ta golli pas uzatdi.

"San-Paulu" o'tgan mavsum Braziliya A Seriyasida 11-o'rinni egalladi. "Beshiktosh" esa Turkiya Superligasida 3-pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia