Xames: "Kolumbiya yana yomon o'ynadi"

Aslanov Jasurbek
22 iyun 2015, 09:53
Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodriges Peruga qarshi o'yindan (0:0) ko'ngli to'lmaganini aytdi.

"Biz yomon o'ynadik. Raqib bor kuchi bilan kurashdi, chunki ularga durang kerak edi. Agar kimningdir o'yini o'xshamasa, bundan butun jamoa jabr ko'radi. Venesuelaga qarshi yomon o'ynagandik, Braziliya bilan bahsda o'zimizga kelib oldik, ammo bugun yanga yomon futbol namoyish etdik. O'zini tanqid qilishni bilish kerak. Sovrinni qo'lga kiritish uchun bazi joylarda o'zgartirish kiritishimiz kerak" - deydi Xames.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com