

31 yoshli kolumbiyalik futbolchining Gretsiya klubi bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. "Fotomac" nashrining xabar berishicha, "Beshiktosh" allaqachon futbolchi bilan ehtimoliy transfer borasida bog'langan.
Xames joriy mavsum "Olimpiakos" safida 21 ta o'yinda qatnashib, 5 ta to'p kiritdi va 6 ta golga pas uzatdi. U o'tgan yilning yozidan beri shu jamoada o'ynamoqda. Yarim himoyachi avvalroq "Al Rayyan", "Everton", "Real", "Bavariya", "Monako" va "Portu" klublarida to'p tepgan.



