Xalk “Portu”ga qaytishi mumkin

25 mar 2019, 08:45
Yozgi transferlar vaqtida Xalk “Shanxay SIPG”ni tark etishi mumkin.

32 yoshli futbolchi o'zining eski klubi “Portu”ga qaytishi mumkin. Xalk 2008-2012 yillar aynan shu jamoada to'p surgan.

Xalkning “Shanxay SIPG” bilan shartnomasi 2020 yil 31 dekabrida yakuniga etadi. Uning transferi 20 mln evroga baholanmoqda.

Futbolchi Xitoy klubiga 2016 yilda o'tgandi. U jamoa safida 91 ta o'yin o'tkazib, 52 ta gol urdi va 43 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: O Jogo