Xabi Alonso "Real" yulduziga chiqish eshigini ko'rsatdi

Alisher Ostonov
18 may 2025, 18:46
"Real"ni tez orada boshqaradigan ispaniyalik murabbiy Xabi Alonso kelasi mavsum uchun jamoa tarkibini shakllantirishni boshlab yubordi.

Mutaxassis "qaymoqranglilar"dan fransiyalik himoyachi Ferlan Mendi bilan xayrlashishni so'ragan. Takidlanishicha, Mendi yangi murabbiyning taktik rejalariga mos kelmayapti. Uning o'rniga "Real" "Benfika"dan Alvaro Karreras yoki "Jirona"da o'ynayotgan Migel Guterresni sotib olishni rejalashtirmoqda.

Ferlan Mendi 2019 yildan buyon "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda. Umumiy hisobda francuz madridliklar safida 201 ta o'yin o'tkazib, ularda 6 ta gol va 9 ta assist qayd etgan. Transfermarkt portali futbolchini 18 mln evroga baholamoqda.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: fichajes.com