Xabi Alonso: "Madrid" kutmaydi. Ular senga bir tomondan zarba beradi, keyin ikkinchi tomondan, keyin sen o'zingni yerda ko'rasan"

Omonjon To`xtamirzayev
25 may 2022, 20:25
Xabi Alonso final oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Xabi Alonso futbolchilik vaqtida ham "Liverpul", ham "Real Madrid" sharafini himoya qilgan va bo'lajak finalda kimga muxlislik qilishni bilmayotganini ma'lum qildi. 

"Menga Yurgen "Liverpul" - "psixologiya yirtqichlari" deyishi yoqadi, sababi ular qilayotgan ish oson emas, ular esa buni bir necha mavsumdan buyon bajarib kelmoqda – ularning xarakteri shunday".

Biroq boshqa tomondan - final. Aynan finalda xarakterni namoyish qilish muhim. Sababi raqib - "Real Madrid" - ular ham xarakterga ega yirtqichlardir. Shunday ekan bizni ajoyib futbol, daxshatli to'qnashuv kutmoqda".

"Madrid" kutmaydi. Ular senga bir tomondan zarba beradi, keyin ikkinchi tomondan, keyin sen o'zingni yerda ko'rasan, ular esa bahs tizginini o'z qo'llariga olishadi. Shunga o'xshash vaziyatni "Madrid"ning "Siti"ga qarshi o'yinida ko'rish yoqimli edi".

"Men bu qarama-qarshilikda o'rtadaman, shuning uchun har qanday natijada ham men g'olib bo'laman".

"Bu ikki buyuk klub to'qnashuvi. Har ikkisi g'alabaga loyiq. Mag'lub bo'lganlarni qo'llab-quvvatlayman, ammo nima bo'lganda ham har ikki jamoani oldinda ko'plab g'alabalar kutmoqda. Bu Chempionlar Ligasi finali, shunday ekan shunchaki zavqlaning".

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia