"Volfsburg" Kagavaga qiziqishni tasdiqladi

Narzulla Saydullayev
30 okt 2013, 09:11
"Volfsburg" sport direktori Klaus Allofs klub "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Sindzi Kagavaga qiziqayotganini tasdiqladi.
"Biz Kagavani Bundesligadagi o'yinlari orqali juda yaxshi bilamiz va unga qiziqayapmiz. Uning transfer narxi u qadar katta bo'lmasligi lozim".

Oldinroq "Volfsburg"  "Chelsi" yarim himoyachisi Kevin De Bryuynega qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqandi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru