Vlaxovichning oldida ikki variant bor

Mirjalol Normatov
19 fev 2026, 21:55
"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich faoliyatini Turin klubida davom ettirishi ehtimoli yo'q emas.

Biroq yozda shartnomasi tugaydigan futbolchi "Barselona"ga o'tishga qarshi emas. Hozirda futbolchining oldida ikki variant bor: "Barselona" yoki "Yuventus".

Noyabr oyi oxiridan beri jarohati sababli o'yinlarda maydonga tushmagan serbiyalik forvard 1 mart kuni A Seriya doirasidagi "Roma"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport