Vlasichev va bir qator yoshlar “Sho'rtan” ko'rigida

Narzulla Saydullayev
27 iyul 2013
G'uzorning “Sho'rtan” jamoasi ayni paytda Toshkentnda yig'in o'tkazmoqda.
Jamoa mashg'ulot o'tkazish bilan bir qatorda kun-ora o'rtoqlik o'yinlarida ham ishtirok etib kelmoqda. Jamoa bugun birinchi liga vakili “NBU-Osiyo” bilan nazorat o'yinida maydonga tushadi.

Klub matbuot xizmatining saytimizga ma'lum qilishicha, jamoa yig'iniga Andrey Vlasichev (“Qizilqum”) (fotoda ko'k formada), Abduvali Mo'minov (Qozog'iston birinchi divizionidan), Aziz G'ulomxo'jaev (“Qizilqum”), Temur Jo'raev (“Paxtakor”), Mixail Spiridinov (“NBU-Osiyo”) va bir qator yoshlar kelib qo'shilgan. Ayni paytda murabbiylar yig'inga kelgan o'yinchilarni sinovdan o'tkazmoqda. O'rtoqlik o'yinlaridan so'ng ularning taqdiriga oydinlik kiritiladi. Shuningdek bu bilan selekciya jarayoni ham to'xtab qolgani yo'q. Tarkibda yangi nomlar paydo bo'lishi ham mumkin. Ma'lum muddat jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etgan Javlon Guseynovga (“Neftchi”) javob berildi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia