Vladimir Vayss "Paxtakor"ga qarshi o'ynamaydi

Tolibjon Qosimov
10 yanv 2018, 14:52
Toshkentning "Paxtakor" klubi OCHL pley-offi doirasida Qatarning "Al Garafa" jamoasi bilan bellashadi.

So'nggi paytlarda qatarliklar Uesli Sneyder va eronlik Mehdi Taremini sotib olib tarkibni kuchaytirishdi.

"Al Garafa"ning yana bir legioneri slovakiyalik Vladimir Vayss jiddiy jarohati borligi sabab "Paxtakor"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. 2017 yilning dekabrida Vayssning chap oyog'i operaciya qilingan va u uzoq muddatga safdan chiqqan.


O'shanda futbolchi tvittyerdagi sahifasiga shunday yozgan edi: "Operaciya juda yaxshi o'tdi, hech narsani sezmayapman :)) Og'ir ish endi boshlanadi".


2017 yilning 19 dekabrida Vayssning tvitterga joylagan surati. Unda "Al Garafa" Qatar Yulduzlar ligasi kubogini qo'lga kiritgan, Vladimir esa chap oyog'ida maxsus moslama bilan kubokni ko'tarayapti.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia