Vinisius: "Kroos - afsona, u jahon darajasini namoyish etadi"

Alisher
7 apr 2021
Madridning "Real" klubi forvardi Vinisius Junior CHL 1/4 finali doirasidagi "Liverpul"ga qarshi dastlabki o'yindan so'ng jamoadoshi Toni Kroos haqida gapirdi.

"Kroos - afsonaviy futbolchi, u shunchaki aqlbovar qilmas. Hech kim Toni kabi o'ynay olmaydi. U doim jahon darajasini namoyish etadi.

Menga keladigan bo'lsak, ishlashda davom etmoqdaman. Jamoadagi sheriklarim o'sishimga yordam berishmoqda. Ular o'zimga bo'lgan ishonchimni orttirishmoqda", - deydi braziliyalik futbolchi.

"Real" ilk o'yinda "Liverpul"ni 3:1 hisobida taslim etdi. Javob o'yini keyingi hafta bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: Goal