Viktor Kumikov: "G'alaba qozonish muhim edi"

Narzulla Saydullayev
23 okt 2017, 11:43
"Olmaliq" - "Mashal" (2:1) uchrashuvi yakunlangach, mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov o'yin borasida o'z fikrlarini aytib o'tdi.

- Bu uchrashuvda ijobiy natijani qo'lga kiritishimiz ruhiy bosimni engib olishimiz uchun muhim edi. Negaki, jamoamizni noxush holat, "qora kunlar" qamrab olgandi. Ketma-ket uch o'yinda mag'lubiyatga uchradik. Bugun ham birinchi taymni yutqazdik. Umuman uch yarimta o'yinda yutqazayotgandik. Futbolchilar iroda namoyish etib mana shu ruhiy vaziyatdan chiqib keta olishdi. O'yin og'ir o'tdi. So'nggi daqiqalarda gol urib g'alaba qozondik. Umid qilamanki, keyingi o'yinlarda ham muvaffaqiyatli yurishni davom ettiramiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz