

La Cuarta nashrining xabariga ko'ra, policiya katta Vidalning yonidan narkotik modda va ikkita pichoq topgan, deya xabar qilmoqda olamsport.com sayti.
Vidalning otasi narkotik va pichoq bilan qo'lga tushdi
“Meni tezda qo'yib yuborishdi. Ortiqcha hech qanday harakat qilganim yo'q. Shunchaki do'stlarim bilan pivo ichgandim. Shu bois, men bu borada havotirga tushayotganim yo'q”, - dedi Erazmo Vidal.
Xabarda aytilishicha, Erazmo Vidaldan 600 milligramm taqiqlangan narkotik modda topilgan. Policiya mahkamasida 4 soat ushlab turilgan Vidalning otasi keyin ozodlikka qo'yib yuborilgan.



