Vidal faoliyatini qaysi klubda davom ettirmoqchiligini aytdi

Eldor Akmurzayev
24 iyun 2021, 20:00
“Inter” yarim himoyachisi Arturo Vidal “Flamengo”ga o'tishni istamoqda.

Bu haqda chililikning o'zi “W Radio”ga bergan intervyusida aytib o'tgan.

Vidal keyingi yil Braziliya klubi safiga borib qo'shilishi mumkin. Uning “neradzurrilar” bilan shartnomasi esa 2021/22 yilgi mavsum oxirida o'z yakuniga etadi.

Eslatib o'tamiz, 34 yoshli futbolchi o'tgan mavsum A Seriyada 23 o'yinda qatnashib, 1 gol va 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: W Radio