Veynaldum uchun kurashga “Real” ham qo'shildi

Eldor Akmurzayev
19 noya 2020
Avvalroq, "Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldumga “Inter”, “Milan” va “Barselona” qiziqayotgani aytilgandi.

Veynaldumning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil yozida tugaydi va tomonlar haligacha yangi bitim bo'yicha bir qarorga kelmagan. 

“Real” esa futbolchini Kazemiroga zaxira variant sifatida jamoaga olib kelmoqchi. Madridliklar Jorjinoni keyingi yil yozida erkin agent sifatida qo'lga kiritish uchun qishda u bilan muzokaralarni boshlamoqchi.

30 yoshli niderlandiyalik joriy mavsum APLda 8 ta o'yinda qatnashdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: soccer.ru