

"Anderlext" himoyachisi Yan Vertongen ijtimoiy tarmoqlarda Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi. Futbolchi endi terma jamoada o'ynamaydi.
Belgiyalik o'zining Yevropa chempionati 1/8 finali doirasidagi Fransiyaga qarshi so'nggi o'yinida avtogol muallifiga aylandi.
Vertongen Belgiya terma jamoasida 2007 yildan buyon o'ynab kelayotgandi. 37 yoshli markaziy himoyachi terma jamoada 157 ta o'yin o'tkazgan – bu milliy rekord.



