Venger yangi Anrini kuzatmoqda

Aslanov Jasurbek
3 fev 2017, 04:31
“Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger “Monako”ning yosh hujumchisi Kilian Mbappening o'yinidan hayratda.

“Mbappe albatta, Anrining aynan “nusxa”si emas. Ammo u potencial jihatdan Terriga juda o'xshash. Agar o'z darajasini 2-3 yil davomida bir maromda saqlay olsa, yangi Anriga aylanishi mumkin.

18 yoshli Mbappe “Monako” tarixida asosiy tarkibda debyut  qilgan eng yosh futbolchi hisoblanadi (  2015 yilning 2 dekabrida). Shuningdek, u “monegasklar” safida gol urgan eng yosh futbolchi bo'lib, bu borada u Anrining rekordini yangilagan. Kuni kecha Fransiya kubogi bahslarida Mbappe bitta gol urish bilan birga to'pga assistentlik qildi.

Joriy mavsumda u jamoa tarkibida barcha turnirlarda 20 ta uchrashuv o'tkazib, 6 ta gol urgan va beshta golga hammualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: abola.pt