Venger PSJ prezidenti bilan yashirin uchrashuv o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
21 fev 2019, 15:10
PSJ prezidenti Nosir Al-Helayfi "Arsenal" sobiq ustozi Arsen Venger bilan yashirin uchrashuv o'tkazdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, uchrashuv Dohada - tennis turniri paytida o'zining shaxsiy xonasida bo'lib o'tdi.

Tomonlar o'rtasida bo'lgan suhbat nima haqidaligi ma'lum emas, ammo mish-mishlarga ko'ra, Venger PSJ murabbiylar shtabiga kirishi mumkin. Ayni damda Parij klubini boshqarayotgan Tomas Tuxelning klub sport direktori Antero Enrike bilan munosabatlari yaxshi emas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe