Vardi APL rekordini yangiladi

Eldor Akmurzayev
2 mar 2022, 08:30
Angliya chempionati 22-turi doirasida qoldirilgan uchrashuvda “Lester” safarda “Byornli” (2:0) ustidan g'alabaga erishdi.

“Tulkilar” forvardi Jeymi Vardi uchrashuvda ikkinchi gol muallifiga aylandi. Hujumchi APLda 30 yoshdan keyin eng ko'p gol urgan futbolchi sifatida rekord o'rnatdi. U 11 yanvarda 35 yoshni qarshiladi va musobaqadagi gollari sonini 94 taga etkazib oldi.

Avvalgi eng yaxshi natija esa “Arsenal” sobiq a'zosi Ian Rayt tomonidan o'rnatilgandi.

Vardi 2012 yildan beri “Lester” sharafini himoya qiladi va 2016 yil u jamoa bilan Angliya chempionligini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta