Van Gal Niderlandiya termasiga qaytmoqda!

Mirjalol Normatov
11 iyul 2021
"Ayaks", "Barselona" va "Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal Niderlandiya bosh murabbiyligini qo'liga oladi.

Terma rahbariyati 69 yoshli mutaxassisning nomzodini tasdiqladi. Yangi shartnoma 2 yilga mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Frank de Bur Evro-2020ning 1/8 finalida Chexiyadan uchralgan mag'lubiyatdan keyin iste'foga chiqarilgandi.

Bunga qadar van Gal ikki marta mamlakat termasini boshqargan. Uning qo'l ostida terma JCH-2014da 3-o'rinni qo'lga kiritgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal