

Germaniya terma jamoasi JCH-2022da omadsizlikka uchradi. Xans-Diter Flik shogirdlari guruh bosqichidan o'ta olmay, Yaponiya va Ispaniyadan pastki pog'onada qolib ketdi.
Niderlandiyalik sobiq futbolchi Rafael van der Vart Germaniya terma jamoasi himoyachisi Niklas Zyuleni tanqid qildi.
"Germaniyaning himoyasida muammolari bor. Niklas Zyule jahon darajasidagi futbolchi emas. U germaniyalik Harri Maguayr", - dedi mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, kelgusi yirik turnirlardan biri - 2024 yilgi Yevropa chempionati Germaniya yashil maydonlarida bo'lib o'tadi.



