Van de Bek Mino Rayolaning xizmatlaridan voz kechdi

Alisher
27 okt 2021
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bek agenti Mino Rayola bilan ishlashdan bosh tortdi.

Rayola 24 yoshli niderlandiyalik futbolchiga hozirgi klubidan kyetishga yordam berishni taklif etdi, ammo futbolchi buni rad etdi.

Ayni damda van de Bekka uning "Ayaks"dagi sobiq jamoadoshi Frenki de Yong hamkorlik qiladigan HCM Sports Management agentligi xizmat ko'rsatmoqda.

26 oktyabr kuni van de Bek "Manchester Yunayted"dan tezroq kyetish uchun agentini o'zgartirmoqchi ekanligi ma'lum bo'lgandi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Express