Valverde Neymar borasidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Mirjalol Normatov
13 yanv 2019, 10:45
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde PSJ futbolchisi Neymarning Kataloniyaga qaytishi borasidagi savollarga javob qaytardi.

Oldinroq braziliyalik futbolchi "Barselona"ga o'tishi borasida klubga 5 bora murojaat bilan chiqqani borasida ma'lumotlar berilgandi.

"Neymar bu borada shaxsan men bilan gaplashganicha yo'q. U ajoyib futbolchi. Biroq u PSJga tegishli. Men "Barselona"ga tegishli bo'lmagan futbolchilar haqida boshqa gapira olmayman", - dedi Valverde.

Neymar 2017 yilda "Barselona"dan PSJga 222 million evro evaziga transfer qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS