"Valensiya" Xilni "Tottenxem"dan ijaraga oladi

Alisher
29 yanv 2022, 15:40
"Tottenxem" yarim himoyachisi Brayan Xil faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 20 yoshli ispaniyalik futbolchini uni mavsum so'nggiga qadar ijaraga olmoqchi bo'lgan "Valensiya" da'vogarlik qilmoqda.

London klubi yaqin soatlarda transfer bo'yicha javob berishi kerak.

Xil "Tottenxem"ga 2021 yilning yozida "Sevilya"dan o'tgan edi. Forvard joriy mavsum 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano