

“Lill”ga qarshi o'yin - joriy mavsumdagi eng muhimi. Barqaror bo'lib borishga umid qilamiz, axir “Espanol”ga qarshi o'yinimiz yaxshi chiqdi. “Lill”da o'z maydonidagi o'yinda hamma narsa yaxshi o'xshadi, faqat natijadan boshqasi. U yerda o'z o'yinimizni ko'rsatish oson bo'lmadi. Bu bahs ham qiyin kechadi. Boisi “Lill” juda yaxshi jamoa”, - deydi “Valensiya” bosh murabbiyi Albert Selades.
“Valensiya”-“Lill” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.


