Ushbu yozda “Barselona”dan ketishi va jamoaga kelishi mumkin bo'lganlar (FOTO)

Aziz Tukhtamuradov
17 may 2014, 18:08
Yozgi transfer vaqtida klubga kelishi va jamoadan ketishi kutilayotgan futbolchilar bilan tanishtirib o'tamiz.
Ketadiganlar:


Viktor Valdes

Narxi: 12 million evro (transfermarkt.de)

(Lekin, shartnoma yakuniga etgani bois jamoadan tekinga ketadi)



La Liganing eng kuchli darvozabonlaridan birining o'zi klub bilan shartnoma imzolash niyati yo'qligini aytib o'tdi. U endilikda jamoani erkin agent sifatida tark etadi



Xose Manuel Pinto

Narxi: 300 ming evro



Valdesning o'rinbosari ham klubni tark etmoqchi



Karles Puyol

Narxi: 1 million evro



Jamoaning ko'p yillik sardori faoliyati yakunlashga qaror qildi



Dani Alves

Narxi: 18 million evro



Braziliyalik futbolchi kelasi mavsumni PSJ tarkibida boshlaydigan ko'rinadi



Xaver Maskerano

Narxi: 15 million evro



U ko'p ehtimol bilan "Liverpul" safiga qaytib ketadi



Aleksandr Song

Narxi: 18 million evro



Asosiy tarkibda kamdan kam maydonda tushadigan afrikalik futbolchi "oltin qafas"dan chiqib ketish istagida



Ibrohim Afellay

Narxi: 5 million evro



"Shalke" safida ijarada to'p suradigan futbolchi ham kelasi mavsum jamoani tark etsa ajab emas



Kristian Telo

Narxi: 9 million evro



Kataloniyaliklar rahbariyati futbolchidan tezroq qutulish niyatidalar




Keladiganlar:


Mark-Andre ter Shtengen

Narxi: 20 million evro



Myunxenning "Borussiya" jamoasi bilan hayrlashgan Ter Shtegen jamoada yangi Valdes bo'lishi kutilmoqda



David Luis

Narxi: 26 million evro



"Barsa" Karles Puyolning o'rnini aynan londonliklar himoyachisi hisobiga to'ldirmoqchi



Markos Roxo

Narxi: 5,5 million evro



David Luis va Markos Roxo "Barselona" jamoasining himoya qo'rg'oniga aylanishi mumkin



Vensan Kompani

Narxi: 35 million evro



Belgiyalik himoyachi 2012-yildayoq kataloniyaliklar tarkibiga borib qo'shilishi mumkin edi. Lekin, o'shanda "shaharliklar" uni qo'yib yuborishni istamagan edilar



Miralem Pyanich

Narxi: 20 million evro



Bosniyalik futbolchining "Barsa" tarkibiga qo'shilishini klubning bo'lajak murabbiyi Luis Enrike ham istamoqda



Nolito

Narxi: 7 million evro



Luis Enrike bilan birgalikda jamoaga kelib qo'shilishi kutilayotgan "Selta" futbolchisi


Aziz To'xtamurodov tayyorladi


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia