Uolkottni xarid qilgan "Everton" endi "Bavariya" futbolchisini nishonga oldi

Aslanov Jasurbek
19 yanv 2018, 11:01
"Everton" murabbiylar shtabi "Bavariya" himoyachisi Xuan Bernatga qiziqish bildirmoqda.

Liverpul shahri jamoasi bosh murabbiyi Sem Ellardays "Everton"ning himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi va ispaniyalik futbolchi foyda keltirishi mumkin deb hisoblamoqda. Biroq joriy mavsumda Bernatni jarohatlar tinch qo'ymayapti. Futbolchi yangi mavsumda Bundesliganing bor-yo'g'i 2ta uchrashuvida maydonga tushdi.

Bernat va "Bavariya" o'rtasidagi shartnoma 2019 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liverpool Echo