Uolkott "Everton" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi

Aslanov Jasurbek
17 yanv 2018, 15:52
"Arsenal" hujumchisi Teo Uolkott tez orada "Everton" futbolchisiga aylanadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Uolkott "irislar" safida tibbiy ko'rikdan o'tdi. Futbolchi va Liverpul klubi shartnoma borasida og'zaki kelishuvga erishgan. "Arsenal" hujumchi sotuvidan 20 mln. funt ishlab olishi kutilmoqda.

Uolkott joriy mavsum Angliya Premer-ligasining 6ta uchrashuvida faqat zaxiradan maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: SkySports