Unai Emeri "Real"ga nima kerakligini aytdi

Aslanov Jasurbek
9 okt 2018
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri "Real"ning so'nggi uchrashuvlardagi natijalariga izoh berdi.

"Qirollik klubi" so'ngg to'rtta uchrashuvda raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi.

"Real" Ronaldusiz ham barqarorlikka ega bo'lishi lozim. Bunga ko'nikish uchun ularga vaqt kerak, Lopetegi bunga erisha oladi deb o'ylayman. Biz Xulen uchun javob bera olmaymiz, ammo men bilan shunday bo'lsa, sabrli bo'lishga harakat qilaman. Biroq futbolda sabr qilish juda qiyin. Gollar asta-sekinlik bilan o'zi keladi" - deydi Emeri

"Real" XXI asrda birinchi marta ketma-ket 4ta uchrashuvda gol ura olmadi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo