

- Guruhdan birinchi o'rin bilan pley-offga chiqish juda muhim. PSJ "Arsenal"ga qarshi o'yinda durang qayd etishga munosib edi. Bu o'yin biz uchun kerakli sinov bo'ldi. Yaxshi o'yinni o'tkazdik. To'pni nazorat qilishni yoqtiradigan jamoaga yuqori bosim o'tkazdik. Hisob 2:2 bo'lganidan keyin yana gol urishimiz ham mumkin edi. Ammo durang natijasi o'yinga mos bo'ldi. Jamoamizda xarakter borligi odamni quvontiradi. O'yin ancha qaynoq tempda o'tdi. Hakamga etiroz yo'q. Referi uchrashuvni yaxshi boshqardi.



