Umtiti yangi haftada safga qaytadi

13 okt 2019, 09:44
“Barselona” himoyachisi Samyuel Umtiti to'liq jarohatdan forig' bo'lib, safga qaytish arafasida.

Fransiyalik himoyachi barcha futbolchilar terma jamoa ixtiyoridan klubga qaytganda “Barsa” bilan umumiy mashg'ulotlarga kirishadi, deya xabar bermoqda Marca.

Keyingi haftada kataloniyaliklar safarda “Eybar”ga qarshi maydonga chiqishadi. Himoyachi zahiradan maydonga tushib, bir necha daqiqa harakat qilishi mumkin.

“Barsa” rahbariyati  Umtitini noyabr oyining o'rtalarida asosiy tarkibga kirish uchun kurashga kirishishiga ishonmoqda.

Joriy mavsumda Samyuel hozircha birorta o'yinda maydonga tushgan yo'q.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca