Ukraina superkubogi. “Dinamo” “Shaxtyor”ga imkoniyatni boy berdi

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2017, 02:16
Ukraina superekubogi uchun kechgan bahs doimgidek azaliy raqiblar – Kievning “Dinamo” va Doneckning “Shaxtyor” jamoasi o'rtasida kechdi.

Uchrashuvning har ikkala bo'limida bittadan gol urgan konchilar ushbu sovrinni o'zlariniki qilib olishdi.

Jamoalar mamlakat superkubogi bellashuvi uchun 10 marta o'zaro kuch sinashishgan. Ushbu bellashuvdan keyin har ikkala jamoa hisobida beshtadan g'alaba mavjud.

Ukraina superkubogi.

Shaxter – Dinamo Kiev 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 8 Ferreyra, 2:0 – 56 Ferreyra.

Shaxter – Pyatov, Srna, Ismaili, Krivcov, Rakickiy, Bernard, Malishev (Kovalenko, 46), Marlos, Stepanenko, Tayson (Dentino, 77), Ferreyra (Ordec, 87).

Dinamo Kiev –Rudko, Xacheridi, Vida, Antunesh, Morozyuk, Garmash (Besedin, 62), Cigankov (Gonsales, 68), Buyalskiy (Shepelev, 79), Sidorchuk, Yarmolenko, Mbokani.

Ogohlantirish: Stepanenko (28), Bernard (31), Buyalskiy (45), Sidorchuk (90).

Chetlatish: Stepanenko (80).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia