Ukraina. Shackixdan gol, Tursunov 90 daqiqa o'ynadi

Narzulla Saydullayev
28 iyul 2014, 08:06
Kecha Ukraina chempionatida yangi mavsumga start berildi. Mamlakatda notinch vaziyat yuzaga kelgan bo'lsada, kechagi kunga belgilangan barcha 1-tur uchrashuvlari o'tkazildi.
Hamyurtimiz Maksim Shackix to'p tepayotgan “Goverla” klubi o'z maydonida “Karpati” jamoasini qabul qilib, 2:2 hisobida durang o'ynadi. Quvonarlisi, Maks o'yinning 15-daqiqasida jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Shackix 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

Yana bir hamyurtimiz Sanjar Tursunov to'p tepayotgan “Vorskla” klubi Kievda “Dinamo” jamoasi mehmoni bo'lib, kichik 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Tursunov Shackix kabi o'yinda to'liq harakat qildi.

Amaldagi mamlakat chempioni Doneckning “Shaxtyor” klubi Zaporojening “Metallurg” jamoasidan 2:0 hisobida ustun keldi.

UKRAINA CHEMPIONATI. 1-TUR

ILICHEVEC – VOLIN  1:2

CHERNOMOREC – OLIMPIK  4:0


GOVERLA – KARPATI  2:2 (1:0, 1:2)
27 iyul. “Avangard Ujgorod”
Gollar: 1:0 – 15 MAKSIM SHACKIX,  1:1 – 61 Puchkovskiy,  1:2 – 74 Balajic,  2:2 – 78 Tudose.
Goverla – Nad, Lyulka, de Lima, Akakpo, Xomin, Gerasimyuk (Raychevich, 52), Tudose, Stepanyuk (Panfilov, 90), Truxin, MAKSIM SHACKIX, Feshhuk.

SHAXTYOR – METALLURG Z  2:0

DINAMO KIEV – VORSKLA  1:0
Gol:
1:0 – 10 Bezus.
Vorskla – Nepogodov, Perduta, Dallku, E. Tkachuk, A. Tkachuk (Barannik, 46), Chesnakov, Dedechko (Markoski, 85), SANJAR TURSUNOV, Sapay, Gromov, Yanuzi (Kovpak, 65).

ZARYA – METALLIST  1:2

METALLURG D – DNEPR  0:2

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com