Ukraina klubi "Nasaf" bilan o'ynashni xohlamadi. Sababi ham ma'lum

Narzulla Saydullayev
2 fev 2024, 18:05
Qarshining "Nasaf" klubi kuni kecha Turkiyadagi yig'inni yakunlab qaytib keldi.

30 yanvar kuni "ajdarlar" Ukrainaning "Vorskla" klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazishi kerak edi.

Biroq "Nasaf" bunga qadar Rossiyaning "Fakel" va "Alaniya" jamoalriga qarshi o'ynagani uchun Ukraina klubi "ajdarlar" bilan bahsni bekor qildi.

"Nasaf" "Vorskla" o'rniga 31 yanvar kuni bir yo'la ikkita o'yin o'tkazdi: "Maua" (Braziliya) va "Radnik" (Serbiya).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia