Uilsher Chempionship jamoasida o'ynashi mumkin

Mirjalol Normatov
15 yanv 2021
"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Jek Uilsher "Bornmut"ga qaytishi mumkin.

"Daily Mail"ning yozishicha, Chempionship klubi 29 yoshli futbolchini ushbu mavsum yakuniga qadar tarkibga qo'shib olmoqchi. So'nggi bir necha kun davomida Uilsher "Bornmut" bilan mashg'ulotlar olib borgan va bu borada jamoa bosh murabbiyi Jeyson Tindoll bilan suhbatlashgan.

Uilsherning so'nggi jamoasi "Vest Xem" bo'lgandi. U ushbu klubni oktyabr oyida tark etgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail