UEFA Superkubok oldidan “MYU”ni jazoladi

Aslanov Jasurbek
1 avg 2017, 00:10
UEFA “Manchester Yunayted” jamoasini antidoping qoidalariga amal qilmagani uchun jazoladi.

Yevropa Ligasining “Ayaks”ga qarshi kechgan final (2:0) o'yinidan keyin jamoa himoyachilari Deyli Blind va Fil Jons doping-nazorat qoidalariga rioya qilmagan.

Bunda klub mamurlarining ham xatosi bo'lgan. Ular futbolchilarni bu borada ogohlantirishmagan. Natijada “MYU” 10 000 evro, Blind va Jons esa 5000 evrodan jarimaga tortildi.


Shuningdek, UEFA Jonsni ushbu tashkilot bayrog'i ostidagi 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qildi. Jons “Real”ga qarshi kechadigan UEFA Superkubogi uchrashuvi hamda Chempionlar ligasining ilk o'yinini o'tkazib yuboradi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif