"Udineze" va "Atalanta" 24 soat ichida murabbiylarni haydab yuboradi

Aslanov Jasurbek
14 mar 2016, 15:18
A Seriyaning birdaniga ikki klubi rahbariyati Italiya chempionatining 29-turidan so'ng murabbiyni iste'foga chiqarmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 24 soat ichida Stefano Kolantuono ("Udineze") va Edoardo Reyi ("Atalanta") iste'fosi haqida e'lon qilinadi.

"Roma"ga qarshi uchrashuvdan so'ng (2:1) "Udineze" A Seriyada 30 ochko bilan 16-o'rinni egallab turibdi. "Atalanta"ning ham ochkolari shuncha va so'nggi bahsda ular "Lacio"ga mag'lub bo'lishdi (2:0). Bu ikki jamoa xavfli zonaga juda yaqin turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia